Meksikada osma ko‘prik ochilish marosimida qulab tushdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Meksikaning markaziy qismidagi Morelos shtatidagi Cuyernavaca shahrida joriy yilning 7 iyun kuni osma ko‘prik qulab tushdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Mintaqa gubernatori Morelos Kuautemok Blankoning ma’lum qilishicha, hodisada sakkiz kishi, jumladan, shahar ma’muriyati rahbari ham jarohatlangan. Voqea ko‘prikning tantanali ochilish marosimida sodir bo‘ldi. 

“Men Cuyernavaca meri Xose Luis Uriostegi, uning rafiqasi, ishchi guruh a’zolari va jurnalistlar  jarohatlanganidan  juda qattiq afsusdaman. Hech kim jiddiy jarohat olgani yo‘q. Yordam berish uchun barcha kuchlar safarbar etildi”, degan Morelos Kuautemok Blanko ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Hodisa joyiga shifokorlar yetib borib, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan.

 

Mardona G‘afforova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing