Meksikada mehmonxonadagi hujum oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
24 may 2022
3189Meksika poytaxti Mexiko shahridagi mehmonxonaga qurolli hujum uyushtirildi. Oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bergan.
Qayd etilishicha, hodisa Mexiko shimolidagi Lindavista tumanida sodir bo‘lgan. Bir guruh qurollangan kishilar mehmonxona majmuasiga bostirib kirib, o‘t ochgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchilar mehmonxona binosi va yaqinidagi ikkita barga o‘t qo‘ygan.
Voqea joyiga ko‘p sonli xavfsizlik kuchlari, o‘t o‘chirish va tez yordam mashinalari yetib kelgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Hujumga uyushgan jinoiy guruhlarni yo‘q qilish sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi