Meksikada qariyalar bor avtobus halokatga uchradi

Olam

image

Kecha, 6 dekabr kuni Meksikaning poytaxti Mexiko janubida sayyohlik avtobusi aylanma yo‘lda to‘siq ustiga qulab tushgan. Hodisa oqibatida 50 dan ortiq kishi jabrlangan, bir yo‘lovchi halok bo‘lgan. Bu haqda shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bayonotiga tayanib TASS xabar berdi.

“Hozirga qadar bir jabrlanuvchi va 55 nafar yarador aniqlangan, ulardan 42 nafari shifoxonalarga yotqizilgan”, deyiladi bayonotda. 

Avtobusda meksikalik nafaqaxo‘rlar kanallar bo‘ylab sayr qilish uchun Sochimilko hududiga ketayotgan bo‘lgan.

Hodisaning sabablari hozircha oshkor etilmagan. Shahar prokuraturasi xodimlari YTH sabablarini aniqlashga kirishgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing