Meksikada qamoqxonaga qilingan hujumda 14 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
02 yanvar 2023
5835Noma’lum shaxslar Meksikaning Chiuaua shtatidagi Syudad-Xuares shahrida joylashgan qamoqxonaga hujum qildi. Oqibatda 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Telemundo” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 1 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan tonggi soat 7:00 da sodir bo‘lgan.
Noma’lum shaxslar zirhli transportyorlarda qamoqxona binosiga borgan va qo‘riqchilarga qarata o‘t ochgan. Shtat harbiylari va politsiyasi bir necha soatdan keyin vaziyatni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning 10 nafari qamoqxona qo‘riqchisi, yana 4 nafari mahkumlardir. 13 kishi jarohatlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 24 mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda politsiya hujum uchun qaysi jinoiy guruh javobgarligini aniqlagan. 4 kishi hibsga olingan.
LiveBarchasi