Meizu 16Xs – 48+8+5 megapikselli uchta kameraga ega “bomba” smartfon

Texnologiya

image

Bu model Meizu 16s smartfonining kuchaytirilgan versiyasi bo‘lishi kutilyapti. Shuningdek, ushbu qurilma Xiaomi Mi 9 SE ga raqobatchi bo‘lishi e’tirof etilyapti. 

Ushbu flagman haqidagi tafsilotlar hozirda sir tutilmoqda. Shunga qaramay, ushbu qurilma haqida ba’zi ma’lumotlar allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Smartfon 2232×1080 piksel hajmli 6,2-dyuymli Super AMOLED ekran bilan jihozlanadi. Selfi uchun 16 megapikselli kamera ortdagi 86,26% hududni tasvirga olish imkonini beradi bu esa har qanday havaskor uchun ajoyib yangilik hisoblanadi. 

Meizu 16Xs smartfoni 2,2 GGs chastotada ishlovchi 8 yadroli Snapdragon 712 bilan jihozlanadi. Tezkor xotirasi 6 GB, saqlash xotirasi esa 64 yoki 128 GB gacha bo‘lishi mumkin. Ushbu smartfonning yana bir afzallik jihati bir necha daqiqada to‘liq quvvat olishidir. 

Kutilayotgan flagman smartfonlar olamida eng kuchli bo‘ladi va foto havaskorlarni yana bir bora hayratga sola oladi. Ushbu smartfonning asosiy kamerasi 48 megapikselli, ikkinchisi 8 va 5 megapikselli optik stabilizatorga ega bo‘ladi. 

Ushbu uchlik kamera peyzaj, tungi rejim, avtoportret va to‘liq hajmli suratlar olishda haqiqiy ustunlikni va tasvirdagi yuqori tiniqlikni hadya eta oladi. Yana bir muhim jihati, 3840x2160 pikselli 4K o‘lchamdagi videotasvirni olish xususiyati unga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing