Megan Markl shahzoda Garri bilan to‘yining maxfiy sanasini oshkor qildi

Olam

image

Sasseks gersoginyasi, sobiq amerikalik aktrisa Megan Marklning aytishicha, u Britaniyalik shahzoda Garriga ularning to‘y marosimidan uch kun oldin turmushga chiqqan. Bu haqda u CBS telekanali tomonidan namoyish etilgan teleboshlovchi Opra Uinfri bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Bu butun dunyo uchun tomosha bo‘ldi. Ammo biz o‘rtmizda ajralmas ittifoq tuzmoqchi edik”, deydi u.

Marklning so‘zlariga ko‘ra, shaxsiy marosimda yangi turmush qurgan oilalar qatnashmagan, faqat Kanterberi arxiyepiskopi (Buyuk Britaniyadagi Angliya cherkovining ma’naviy rahbari) bundan mustasno. 

Er-xotin rasman 2018 yilning bahorida turmush qurgandi. To‘y Vindzor qasridagi Sent-Jorj cherkovida bo‘lib o‘tgan va uni Kanterberi arxiyepiskopi Jastin Uelbi olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing