Medvedev Ukraina rahbariyatiga “qiyomat kuni” bilan tahdid qildi

Olam

image

Ukraina Qrimga hujum qilgan taqdirda, mamlakat rahbariyati uchun “qiyomat kuni” keladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

"U yerda vaqti-vaqti bilan qandaydir bayonotlar bilan paydo bo‘ladigan masxarabozlar ham bizga tahdid qilishga harakat qilmoqda – men Qrimga hujumni va hokazolarni nazarda tutyapman”, deydi Medvedev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hujum qilish kabi harakatlarni sodir etsa, buning oqibati yomon bo‘ladi. 

"Agar shunday voqea sodir bo‘lsa, ular uchun birdaniga “qiyomat kuni” keladi, bu juda qiyin bo‘ladi. Bundan yashirinish juda qiyin. Lekin shunga qaramay, ular har xil bayonotlar bilan umumiy vaziyatni qo‘zg‘ashda davom etmoqdalar", deydi rais o‘rinbosari. 

Ma’lumot o‘rnida, Qrim 2014 yilda Ukrainada boshlangan "Maydon" voqealari vaqtida Rossiya tomonidan egallangan. G‘arb davlatlari RFning bu harakatini suveren davlat hududini anneksiya qilish deb baholab, unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing