Medvedev Isroilning Ukrainaga qurol yetkazib bermoqchiligiga munosabat bildirdi
Olam
−
17 Oktabr 2022 18439 1 daqiqa
Isroil Ukrainaga qurol yetkazib berish borasida “xato” qilmoqda, bu qadam Rossiya bilan davlatlararo munosabatlarni buzadi. Bu haqda RF Xavfsizlik kengashi (XK) rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram kanalida yozdi.
“Isroil Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni reja qilayotganga o‘xshaydi. Mutlaqo o‘ylamasdan tashlanadigan qadam. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha davlatlararo munosabatlarni barbod qiladi”, deb yozgan siyosatchi.
Shu bilan birga, “Bandera (XX asrning birinchi yarmida Ukrainadagi millatchilik harakati yetakchisi – tahr.) ning tarafdorlari natsistlar edi va shunday bo‘lib qoldilar. Uning zamonaviy izdoshlarining ramzlariga qarashning o‘zi kifoya. Agar ular Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlaydigan bo‘lsa, Isroil Bandera va Shuxevichni o‘z qahramoni deb e’lon qilish vaqti kelgan”, deydi Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, kecha,16 oktyabr kuni Isroilning diaspora ishlari bo‘yicha vaziri Naxman Shay mamlakat AQSH va NATO’ga a’zo boshqa davlatlar qatorida Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni boshlashi kerakligini aytgandi.
Musulmon Ziyo
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr