Mediamagnat Firdavs Abduxoliqov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Hukumatining tegishli qarori bilan Abduxoliqov Firdavs Fridunovich O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining bosh direktori etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan u “O‘zbekkino” Milliy agentligining bosh direktori lavozimidan ozod qilingan.

Bundan tashqari, Abduholiqov O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi hisoblanadi. Mehnat faoliyatini Samarqand shahridagi 33-sonli hunar-texnika bilim yurtida o‘qituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik, viloyat Yoshlar markazi direktori, STV teleradiokompaniyasi bosh direktori, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati bosh konsultanti va boshqa mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “O‘zbekkino” Milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing