“Meari” to‘foni Tokioga yaqinlashmoqda

Olam

image

Tinch okeanida paydo bo‘lgan 8 raqamli "Meari" to‘foni Tokioga yaqinlashib, kuchli shamol va yomg‘irni olib kelgan. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada “Meari” to‘foni bir necha soat avval Sidzuoka prefekturasi hududidagi Xonsyu oroli qirg‘oqlariga yetib kelgan. Endi to‘fon shimoli sharqdan Tokio shahri tomon harakatlanmoqda.

Qayd etilishicha, Tokio shahridagi ba’zi kafe va restoranlar ish vaqtini qisqartirgan. Tayfun tufayli Yaponiyaning eng yirik rok festivali — “Rock in Japan Fes – 2022”ning oxirgi kuni bekor qilingan. Bundan tashqari, Kanagava prefekturasi, Tiba, Ibaraki shaharlarida ham parom qatnovi bekor qilinib, rok festivali bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Tiba prefekturasida tornado qayd etilgan.

Shuningdek, aviakompaniyalar ham shu soatgacha 200 dan ortiq reyslarni bekor qilgan.

Koreyscha "aks-sado" degan ma’noni anglatuvchi "Meari" kecha, 12 avgust kuni Yaponiyaning janubida paydo bo‘lgan. Tayfun markazidagi bosim 998 gektopaskal, markazda shamol tezligi sekundiga 20 metr, shiddati 30 metrgacha yetadi.

Ma’lumot o‘rnida, to‘fon ertaga, 14 avgust kuni kuni ertalab Tokiodan Tinch okeanining shimoli-sharqiga o‘tishi kutilmoqda.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing