Mehribonlik uylaridagi qancha bola talaba bo‘ldiyu qanchasiga uy berilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
27 yanvar 2022
4267O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilida mehribonlik uylaridagi 267 nafar bola oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bolalarga belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari natijasida 2022 yilning 20 yanvar holatiga 675 nafar mehribonlik bolalar muassasalarining bitiruvchilariga hamda vasiylikka, homiylikka, oila tarbiyasi (patronat)ga olingan voyaga yetgan bolalarga turar-joylar berilgan. 267 nafar bola esa 2021/2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilingan.
Shuningdek, 2021 yilning 9 avgust kunidan 2022 yilning 20 yanvar kuniga qadar 1301 nafar bola Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Bolalar uylari va “SOS – bolalar mahallalari” hisobidan chiqarilgan.
Shundan:
• 124 nafari bolalarning o‘z ota-onalari qaramog‘iga qaytarilgan;
• 139 nafari bolalarning o‘z yaqin qarindoshlariga (amma, xola, tog‘a, amaki, buvi, buva) oila tarbiyasiga berilgan;
• 139 nafari vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilgan;
• 640 nafari tashkil etilgan 106 ta Oilaviy bolalar uylariga ota-ona qaramog‘iga berilgan;
• 188 nafari Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganligi va 49 nafari voyaga yetganligi uchun (18 yoshga to‘lganliklari) uy-joy bilan ta’minlanib mehribonlik uylarini tark etishgan;
• 22 nafari “Muruvvat uylari”ga ko‘chirilgan.
LiveBarchasi