MDH sammiti Putinning Prezidentlarga kosa tagida nimkosali chaqiruvi bilan boshlandi

Olam

image

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) yetakchilari bugun, 26 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Sankt-Peterburgda Yangi yil oldidan an’anaviy norasmiy sammitga yig‘ildi. 

Uchrashuv Senat maydonidagi Prezident kutubxonasida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etmoqda. Boshlanish oldidan Putin kelgan mehmonlarning har birini iliq kutib oldi va birgalikda suratga olish marosimi ham o‘tkazildi. 

Rossiya davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq jurnalistlarga ma’lum qilganidek, Putinning Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari bilan uch tomonlama uchrashuvlari rejalashtirilmagan. 

Sammit ochilishida nutq so‘zlagan Vladimir Putin, Ozarbayjon,  Armaniston, Belarus,  Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlariga taklifni qabul qilib, Sankt-Peterburgga kelgani uchun minnatdorlik bildirdi.  

Putin kosa tagida nimkosa gap aytib, yig‘ilgan davlat rahbarlarini birlashishga chaqirdi. 

“Shunday do‘stona davraga yana bir bor to‘planganimiz, menimcha, MDH makonida hamkorlikni chinakam strategik sheriklik, o‘zaro manfaatdorlik va barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olish ruhida yanada birgalikda qurish istagimizdan yorqin dalolat beradi”, deydi Putin.

Sammit ikki kun davom etadi. Ertaga, 27 dekabr kuni uning ishtirokchilari Rossiya muzeyida norasmiy nonushta qiladi.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing