MDH Prezidentlari Mixaylov muzeyida nonushta qildi

Olam

image

MDH davlatlari rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 dekabr Sankt-Peterburgda an’anaviy Yangi yil bayrami oldidan Hamdo‘stlik sammitining ikkinchi kunida Mixaylov saroyiga keldi. Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari muzey ekspozitsiyalarini ko‘zdan kechirdi. 

Muzeyga Putin va Lukashenko bitta avtobilda – Aurus’da kelgan. Jurnalist e’tiborini Lukashenkoning barmog‘idagi uzuk tortgan. U kecha Putin tomonidan sovg‘a qilingan uzukning xuddi o‘zi ekani aytilmoqda. 

Davlat rahbarlari muzeydagi eksponatlar bilan tanishib bo‘lgach, norasmiy nonushtaga qatnashgan. 

Muzey bilan tanishish jarayonida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etmagani aytilmoqda. 

Rossiya muzeyi – dunyodagi eng yirik rus san’ati muzeyi, Sankt-Peterburgning tarixiy markazidagi noyob me’moriy-badiiy majmua. Bu mamlakatdagi birinchi rus tasviriy san’ati davlat muzeyi. Muzeyning tashrif buyuruvchilar uchun tantanali ochilishi 1898 yil 19 martda bo‘lib o‘tgan. Muzey kolleksiyasi 400 mingdan ortiq eksponatlarni o‘z ichiga oladi va rus san’atining barcha tarixiy davrlari va rivojlanish tendensiyalarini, asosiy turlari va janrlarini, yo‘nalishlari va maktablarini qamrab oladi. 

Muzeyning asosiy ekspozitsiyasi Mixaylov saroyida va Benua korpusida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing