MDH davlatlari rahbarlari Putinning taklifini qabul qildi

Olam

image

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan 2025 yilni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi va tinchlik yili deb e’lon qilish g‘oyasini ma’qulladi. Bu haqda bugun, 14 oktyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi ma’lum qildi. 

“2024 yilni Ko‘ngillilar harakati yili, 2025 yilni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi va tinchlik yili, 2026 yilni Tabiatni muhofaza qilish yili deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deydi u.

Shuningdek, u 2023 yilda MDHning madaniy poytaxti maqomi Sankt-Peterburg shahriga berilishiga kelishib olingan.

Bundan tashqari, yig‘ilishda iqlim bo‘yicha hamkorlik yuzasidan qo‘shma bayonot qabul qilinib, unda ular global iqlim kun tartibini amalga oshirishga konstruktiv hissa qo‘shish niyatida ekanini tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1015

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing