MDH davlatlari qochoq korrupsionerlarni topshirishga kelishib oldi
Olam
−
27 Oktabr 2022
3566Kecha, 26 oktyabr kuni Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistonni o‘z ichiga olgan Korrupsiyaga qarshi davlatlararo kengashning (KQDK) videokonferensiya shaklida 7-majlisi bo‘lib o‘tdi. KQDK o‘z faoliyatida MDH Davlat rahbarlari kengashiga hisobdordir, deya xabar beradi Qozog‘istonning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yil davomida Kengash a’zo davlatlarning vakolatli organlari va MDH Ijroiya qo‘mitasi bilan birgalikda 2008 yilda ishlab chiqilgan MDHga a’zo davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorligi to‘g‘risidagi Bitim loyihasini davlatlar ichida va davlatlararo muvofiqlashtirish bo‘yicha ish olib bordi. Bu borada konsensusga erishilgan va o‘zaro maqbul tahrir yaratilgan.
Bitimlarga muvofiq MDH davlatlari:
• korrupsiyaga oid jinoiy ishlarda bir-biriga yordam berish;
• korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan va kelishilgan tezkor-qidiruv, tezkor-profilaktika tadbirlari va maxsus operatsiyalarni amalga oshiradi;
• korrupsiya jinoyatlarini sodir etgan shaxslarni qidirish, ushlab turish va ekstraditsiya qilish, korrupsiyadan olingan daromadlarni qaytarish sohasida hamkorlik qilish;
• korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida axborot tizimlarini yaratish va undan foydalanish;
• korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik strategiyalari, dasturlari va rejalarini ishlab chiqish;
• korrupsiyaga qarshi monitoring natijalarini baham ko‘rish;
• xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar.
KQDK yig‘ilishida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishtirokchi davlatlarning amaliyotini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, noqonuniy boyib ketish jinoyatlarini tergov qilishda xalqaro hamkorlik samaradorligini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash idoralari xodimlarining malakasini oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Yig‘ilish natijalariga ko‘ra, KQDK qarori bilan navbatdagi yig‘ilishgacha bo‘lgan davr uchun kengash raisligi Qirg‘izistonga o‘tkazildi.
LiveBarchasi