MDH davlatlarining moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari Toshkentda to‘plandi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhining 36-yalpi majlisi haftaligi doirasida joriy yilning 3 iyun kuni MDHga a’zo davlatlar moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari kengashining 19-majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Kengash majlisi Yevroosiyo guruhi raisi Yu.Chixanchin rahbarligi ostida o‘tkazilib, unda Kengash a’zolari, ekspertlar, kuzatuvchilar (Turkmaniston, Hindiston) va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan.

Majlis doirasida Kengashga a’zo davlatlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda bu boradagi o‘zaro hamkorlikning keyingi bosqichlarini nazarda tutuvchi kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilgan.

Xususan, xalqaro raqamli ilmiy-ta’lim platformasini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga hamda ommaviy qirg‘in qurollarining tarqatilishiga qarshi kurashish sohasidagi bitimni ratifikatsiya qilish masalalari muhokama qilingan.

Bundan tashqari, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida axborot almashish tizimini yaratish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh faoliyati sarhisob qilinib, uning kelgusidagi vazifalari belgilab berilgan.

Shu bilan birga, mazkur majlis yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va navbatdagi majlisni o‘tkazish joyi va sanalari kelishib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing