Mbappe PSG va “Real”dan tashqari “Liverpul” bilan aloqaga chiqqan

Sport

image

Kilian Mbappe “Real Madrid” klubi muxlislari tomonidan bildirilayotgan tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilishini ma’lum qildi. Bu haqda CBS Sports nashri xabar berdi.

“Men “Real Madrid” muxlislari tomonidan bildirilayotgan tanqidlarni qabul qilaman va tushunaman. Birinchidan, Madriddagi barchaga menga shunday mehr va muhabbat ko‘rsatgani uchun minnatdorlik bildiraman. Mening ismim “Real Madrid” klubi nomi bilan birga tilga olinganidan juda faxrlandim.

Men “Real” muxlislarining hafsalasi pir bo‘lganini tushunaman va bu normal holat. Menda bunga hech qanday munosabat yo‘q. Men ularning holatini tushunaman. Ular anglashlari kerakki, men fransuz bo‘lganim uchun o‘z yurtimda qolishga qaror qildim. Ishonchim komilki, ular buni tushunishadi”, degan fransiyalik futbolchi.

Shuningdek Mbappening qo‘shimcha qilishicha, uning transferi masalasi faqatgina PSG va “Real Madrid” o‘rtasida hal qilinmagan. Ya’ni 23 yoshli futbolchi “Liverpul” va Yurgen Klopp bilan ham gaplashgan.

Qayd etish joizki, Mbappe jurnalistlarning endi “Real”da hech qachon o‘ynamaysizmi, qabilidagi savoliga: kelajakda nima kutayotganini oldindan bilmasligini va hech qachon hech qachon demaslik kerakligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe PSG bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi. Oldinroq, fransiyalik hujumchi "Real"ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy mavsum parijliklar safida Mbappe barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing