O‘zbekistonda naqd valyuta defitsit bo‘lyaptimi? MB izoh berdi
Jamiyat
−
01 iyul 2022 14648 1 daqiqa
Ayni vaqtda O‘zbekistondagi barcha tijorat banklari naqd xorijiy valyuta bilan ta’minlangan. Bu haqda Markaziy bank matbuot kotibi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tijorat banklarida jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta sotish va sotib olish amaliyotlari hamda xorijdan pul o‘tkazmalari uzluksiz ishlamoqda.
Regulyatorga ko‘ra, ayni kunlarda Xalq banki, Ipak yo‘li bank, Trastbank, Kapitalbank, Hamkorbank, Mikrokreditbank, Agrobank, Infinbank va Ipotekabank’da naqd valyuta va pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq amaliyotlarda cheklovlar va muammolar yo‘q.
“Hurmatli yurtdoshlar, savol va murojaatlarni Markaziy bank hamda tijorat banklari ishonch telefonlari orqali bildirish mumkinligi eslatib o‘tiladi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr