MB 2022 yilda O‘zbekiston YAIM qanchaga o‘sishi bo‘yicha prognozini e’lon qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning I yarim yillik yakunlari bo‘yicha iqtisodiy o‘sish real hisobda 5,4 foizni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga (7,2 foiz) nisbatan past va aprel oyi prognozlariga (3,5-4,5 foiz) nisbatan esa yuqori darajalarda shakllandi. Markaziy bank boshqaruvining bugun, 21 iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishi bo‘yicha e’lon qilingan press-relizda shu haqda so‘z boradi.

Markaziy bank iqtisodiyotda mavjud zaxiralar va yalpi talabning joriy tendensiyalaridan kelib chiqib yil yakuni bo‘yicha YAIMning real o‘sishi 5,0-5,5 foiz atrofida bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, 2022 yilning birinchi yarim yilligida jahon va ichki iqtisodiyotda kuzatilgan holat makroiqtisodiy rivojlanishning hech bir ssenariysida ko‘zda tutilmagan tarzda shakllangan. Bunga mazkur davrda yuz bergan geosiyosiy vaziyat hisobiga keskin shok va noaniqliklar sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yil so‘ngiga qadar “nisbatan qat’iy” pul-kredit sharoitlari saqlab qolinadi. Bundan maqsad milliy valyutadagi aktivlarning nisbiy ustunligini ta’minlab borish va narxlarga monetar omillar ta’sirining minimal darajanisini saqlab qolishdir.

Muhayyoxon Habibullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing