Mazmunan sovet davridagi Mehnat kodeksi ishlayapti –Davletov

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda tadbirkorlar mehnat qonunchiligida belgilangan ijtimoiy yuklamalarni bajara olmay, yashirin iqtisodiyotga o‘tib ketyapti. Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Mehnat bo‘yicha muammolar ko‘p, takliflar kam. Mazmunan sovet davridagi Mehnat kodeksi ishlayapti haliyam. Uning talablarini, ya’ni qat’iy belgilangan ijtimoiy yuklamalarni bajara olmay, tadbirkorlar yashirin iqtisodiyotga o‘tib ketyapti”, deydi vazir Davletov.

Amaldor mehnat qonunchiligi bugungi reallikdan ortda qolayotgani va shu sababdan ishlamayotganini ta’kidlagan. 

“Xodim uch oylab ishlamasa ham tadbirkor unga oyligining 70 foizini “bolnichniy” qilib to‘lab yuraverishi kerak. Pul topish oson emas, tadbirkor bunday ishlolmaydi. Natijada u ham o‘z qoidalarini yaratyapti: xodim ishga kirayotganidayoq bo‘shash haqida arizasini sanasini qo‘ydirmay yozib olyapti. Bu munosabatlarni zamonaviylashtirish kerak”, deydi vazir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing