Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdorlar 736 mln so‘m jarimaga tortildi
Jamiyat
−
23 noyabr 2021
3224Joriy yilning 10 oyida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 62 nafar mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi bilan 736,1 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot kotibi ma’lum qildi.
Shuningdek, 18 ta holatda yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilgan hamda 1 ta holatda hujjatlar sud organlariga, 4 ta holatda prokuratura organlariga yuborilgan.
Joriy yilning 10 oyi davomida vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasiga 20 814 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar xususiyatlari bo‘yicha:
• ish haqi va boshqa to‘lovlarni vaqtida to‘lamaslik 6329 ta;
• ish haqidan majburiy ushlab qolish 732 ta;
• ishga qabul qilishda qonun buzilish xolatlari 765 ta;
• ishga qabul qilishni rad etilganligi 723 ta;
• noqonuniy ishdan bo‘shatilishi 2244 ta;
• norasmiy ishlatish 1644 ta;
• mehnat daftarchalari yuritilishidagi qonun buzilishi 378 ta;
• ish vaqtiga rioya etilmaganligi bo‘yicha 279 ta;
• baxtsiz hodisalar 144 ta;
• tovon pulini to‘lamaslik 137 ta;
• mehnat sharoitlari yaratilmaganligi 61 ta;
• mehnatni muhofaza qilishga oid 238 ta;
• boshqa maslalarga oid 6467 tani tashkil qiladi.
Murojaatlarning tekshirish natijada 10 441 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 12 152 tasi qanoatlantirilgan, 7832 tasiga tushuntirish berilgan.
Shu bilan birga, ish haqi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar yuzasidan 1506 nafar fuqarolarning ish haqlari undirib berilgan.
Paxta yig‘im-terimi mavsumida jami 13 419 ta monitoringlar olib borilgan bo‘lib, mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198,4 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlangan.
Bunda 5 ta holatda majburiy mehnat bo‘yicha, 21 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, 25 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 14 ta holatda terim pullarining o‘z vaqtida to‘lamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Mexnatni muxofaza kilish talablari ta’minlash yuzasidan Qonunbuzilishlar sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda:
• xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va umumta’lim maktablarida 8386 ta
• maktabgacha ta’lim muassasalarida 6520 ta;
• tibbiyot muassasalarida 2770 ta;
• qurilish sohasida 2473 ta;
• holatda qishloq xo‘jaligida 497 ta;
• oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida 803 ta;
• sanoat korxonalarida 679 ta;
• transport sohasida 517 ta;
• savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 229 ta holatlarda mansabdor shaxslar tomonidan xodimlarning huquqlari buzilgan.
LiveBarchasi