“Maymunlar sayyorasi” filmining yangi qismi rekord miqdorda pul ishladi
Bu qiziq
−
14 may 2024 10731 1 daqiqa
Rejissyor Ues Boll tomonidan suratga olingan ilmiy-fantastik film “Maymunlar sayyorasi. Yangi qirollik” dunyoda eng kassabop film deb topildi va avvalgi rekordlarni yangiladi. Bu haqda “Screen Daily” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, film shu hafta oxirida AQSHning 4075 ta kinoteatrida debyut qilingan. Umumiy hisobda film butun dunyo bo‘ylab 129 million dollar ishlab topdi. Global miqyosda raqamlar Xitoy bozoridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, xalqaro bozorlar orasida hozirgacha Xitoyning o‘zida taxminan 11,4 million dollar, Fransiya 7,1 million dollar, Meksika 6,4 million dollar, Buyuk Britaniya/Irlandiya 4,8 million dollar va Janubiy Koreyada 3,2 million dollar jamg‘argan.
Keyingi o‘rinlarda AQSHning o‘zida “Kaskadyor” – 13,7 million dollar, “Chellenjerlar (musobaqa)” – 4,7 million dollar, “Tarot” – 3,45 million dollar, “Godzilla Kongga qarshi: Yangi imperiya” – 2,5 million dollar daromad topgan.
Live
Barchasi