Maymunchechak mutatsiyaga uchrashi mumkin – epidemiolog
Olam
−
23 avgust
4548Maymunchechak virusi kasallanishlar soni ortib borishi tufayli mutatsiyaga uchrashi mumkin. Infeksiya havo tomchilari orqali yuqishi ehtimoli bor. Bu haqda epidemiolog, Rossiya ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenkoga tayanib, TASS xabar berdi.
“Odamlar qanchalik ko‘p kasal bo‘lsa, irsiy sakrash shunchalik tez sodir bo‘lishi mumkin... Odamlar kasal bo‘lib, infeksiyani bir-biriga g‘ayritabiiy tarzda yuqtirishni boshladi, ammo hech kim uning chechak kabi, havo tomchilari orqali klassik tarzda yuqishini istisno qilmaydi”, deydi Onishenko.
Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar rus chechak virusi kolleksiyasi Novosibirskda saqlanadi, u yo‘q qilinmagan. Mutaxassis maymunchechak tarqalishiga samarali qarshi turish uchun tegishli profilaktika choralarini qo‘llash, chechak va maymunchechakni keltirib chiqaruvchi virusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, maymunchechak kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, isitma, intoksikatsiya, shishgan limfa tugunlari va yaraga aylanib ketadigan toshma alomatlari bilan ma’lum. Virus kemiruvchilar va primatlar kabi yovvoyi hayvonlardan, shuningdek, odamdan-odamga ham yuqishi mumkin. Yengil holatlarda kasallik 2-3 hafta ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, JSST Afrikadagi maymunchechak epidemiyasi tufayli favqulodda holat e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi