Maymun chechagi BAAga yetib keldi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklarida maymun chechagi bilan kasallangan birinchi bemor aniqlandi. Bu haqda bugun, 24 may kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“BAAga G‘arbiy Afrikadan kelgan 29 yoshli ayolda maymun chechagi aniqlandi, u shifokorlar nazoratida. Ayolga mamlakatda zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Vazirlik sog‘liqni saqlashga mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aholini yuqumli kasalliklardan himoya qilish, tezkorlik bilan holatlarni aniqlash va barcha kasalliklarning mahalliy tarqalishini cheklash bo‘yicha ish olib borish uchun eng yuqori xalqaro amaliyotga muvofiq epidemiologik nazorat mexanizmiga amal qilishini aytdi.

Maymun chechagi virusi joriy yilning aprel va may oylarida G‘arbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlarida, shuningdek, boshqa qit’alarda tarqaldi. So‘nggi kunlarda u Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Fransiya, Shveysariya va Shvetsiyada, shuningdek, AQSH, Kanada va Avstraliyada aniqlangan.

Maymun chechagi haqida nima ma’lum?

Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i va mushak og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va ozg‘inlik kiradi. Kasal bo‘lganlarda ko‘pincha yuzda boshlanib, keyin tananing boshqa qismlariga, jumladan qo‘llar, oyoqlar va jinsiy a’zolarga tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagi hayvonlarning chaqishi, ifloslangan buyumlar yoki kasal odam bilan yaqin aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. 
Virusga qarshi dorilar yo‘q. 

Infeksiyalangan odamlarning aksariyati bir necha hafta ichida tuzalib ketadi. Biroq, birinchi marta 1970 yilda kashf etilgan maymun chechagining eng halokatli shtammlari kasal bo‘lganlarning 10 foizini o‘ldirishi mumkin.

So‘nggi kunlarda AQSHda ham maymun chechagi bilan kasallanish holatlari aniqlangan. Shu munosabat bilan AQSH hukumati chechakka qarshi 13 million vaksina sotib olishga buyruq bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1023

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing