Maymun chechagi 50 ta davlatga kirdi, bemorlar 3,4 mingdan oshib ketdi – JSST

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) joriy yil boshidan buyon 50 ta davlatda maymun chechagi infeksiyasining tasdiqlangan 3413 holati va bitta o‘lim holatini qayd etgan. Bu Jenevada chop etilgan JSST axborot byulletenida aytiladi.

“Joriy yilning 1 yanvaridan 22 iyuniga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining beshta mintaqasida joylashgan laboratoriyalari 50 ta mamlakat va hududdan 3413 ta maymunchechak kasalligi va 1 ta o‘lim holati haqida xabar qilgan”, deyiladi tashkilot xabarida.

Avvalgi axborot byulleteni joriy yilning 17 iyun kuni chop etilganidan beri sakkiz mamlakatda 1310 ta yangi infeksiya aniqlangan.

Ko‘pincha maymun chechagi bilan kasallanish holati (86 foizi) Yevropa mintaqasida uchraydi. Undan keyingi o‘rinlarda Amerika (11 foiz), Afrika (2 foiz), Sharqiy O‘rtayer dengizi (1 foizdan kam) va Osiyo-Tinch okeani (1 foizdan kam).

Mamlakatlar orasida eng yuqori kasallanish Buyuk Britaniyada qayd etilgan. U yerda 793 kishi maymun chechagi bilan kasallangan, shuningdek Germaniya (521), Ispaniya (520), Portugaliya (317), Fransiya (277), Niderlandiyada (167) va AQSH (142). Qolgan 43 shtat va hududlarda kasallanishlar soni 100 tadan oshmaydi. Hozirgacha yagona halokatli natija Nigeriyada qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turli olimlar guruhlarini birlashtirgan Jahon salomatlik tarmog‘i koalitsiyasi (World Health Network, WHN) maymun chechagini pandemiya deb e’lon qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing