Maykl Jeksonning otasiga tegishli tish protezlari auksionda sotildi

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik marhum pop qo‘shiqchi Maykl Jeksonning otasiga tegishli bo‘lgan tish protezlari kimoshdi savdosida sotildi. Uning boshlang‘ich narxi 200 funt sterling (254,90 AQSH dollari)bo‘lgan.

Protezlardan tashqari, Jo Jekson kolleksiyasidan hammasi bo‘lib 60 ta buyum sotuvga chiqarilgan, jumladan, shippak, kumushsimon kurtka va imzo tushirilgan fotosuratlar. 

Bundan tashqari, auksionda qo‘shiqchining qon izlari bo‘lgan, hayotining so‘nggi kunlarida ishlatilgan dori tomizgich ham bo‘lgan. Maykl Jeksonning qarindoshlari ham u o‘layotgan paytida dori tomizgich uning qo‘lida bo‘lganini ta’kidlashgan.

Oldinroq, "Kardashyanlar oilasi" realiti-shousining ishtirokchisi Kim Kardashyan-Uest qiziga amerikalik xonanda Maykl Jeksonning 65,6 ming dollarlik ko‘ylagini sovg‘a qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing