O‘zbekistonda yana 32 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
13 iyun 2020
9431Bugun, 13 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 nafarga oshib, 4901 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining barchasi Karantin markazidagi (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 10 nafari esa xorijdan chegara post orqali mamlakatga kirib kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 3758 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1124 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi