Mavsum boshlandi: Chirchiqda o‘qishga kiritishni va’da qilgan “domla” qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Mavsum boshlandi: Chirchiqda abituriyentlarni o‘qishga kiritishni va’da qilgan o‘qituvchi ushlandi

Kecha, 20 iyun kuni 2021-2022 o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishga start berildi. Hech kimga sir emas, har yili shu paytda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari soni keskin osha boshlaydi.

Shunday holatlardan biri Chirchiqda yuz berdi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma’lum qilishicha, ikki abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, institut o‘qituvchisi Sh.E. fuqaro B.T. va E.J.ni ushbu institut yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Sh.E. xizmati evaziga talab qilgan 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing