Matbuotning sariq, qizil yoki yashili bo‘lmaydi, u matbuot – Qamariddin Shayxov

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 21–25 may kunlari poytaxt markazida katta shaharcha tashkil etilib, 5 tashabbus harakati festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirning so‘nggi kunida Yoshlar agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, QALAMPIR.UZ nashri ta’sischisi Qamariddin Shayxov hamda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida Qamariddin Shayxovga QALAMPIR.UZ sayti O‘zbekistonning “sariq” matbuotimi degan savol bilan murojaat qilindi. 

Shayxov savolga javob berar ekan, matbuotning “sariq” yoki “qizil”i bo‘lmasligi, agar QALAMPIR O‘zbekistonning “sariq” matbuoti nomini olgan bo‘lsa, u bundan faqat faxrlanishini aytdi.

“Jurnalist sifatida alohida aytamanki, men eng yomon ko‘rgan gap bu – “sariq matbuot”. Matbuotning “qizil”, “sariq” yoki “yashili” bo‘lmaydi, u matbuot. U matbuotlik vazifasini bajaryaptimi, o‘zining belgilangan prinsiplari va qoidalariga rioya qilgan tartibda ishlayaptimi, uni muhokama qilish noo‘rin. QALAMPIR.UZ “Sariq” yoki “qizil”, mayli nima deyishsa ham, ular uchun “sariq” matbuot bo‘lsa, biz bundan xursandmiz. Chunki bu nomni oladigan medialar dunyoda sanoqli. Agar QALAMPIR O‘zbekistonning “sariq” matbuoti bo‘lgan bo‘lsa, bu biz uchun faxr. Nima uchun biz buni isnod deb qabul qilishimiz kerak?”, degan Qamariddin Shayxov.

Ma’lumot uchun, festival doirasida yoshlar uchun, madaniy intellektual tanlovlar, sport musobaqalari, mediatreninglar, hukumat a’zolari va deputatlar bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilgan.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing