Matbuot xizmati: Zoyir Mirzayev hech kimga qo‘ylarni so‘yishni buyurmagan

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda ekinni payhon qilgan qo‘ylar so‘yilgani haqidagi video tarqalmoqda. Foydalanuvchilar tomonidan videoda chiqish qilgan inson viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i Akrom Aripov ekani aytilmoqda.

Videodagi shaxsning aytishicha, u Nishon tuman IIB boshlig‘i bilan birga tumanning Ibn Sino hududidagi “Otamurod ota” fermer xo‘jaligida bo‘lib, dalani payhon qilgan 21 bosh qo‘y egasini topgan. 

Video davomida Akrom Aripov qo‘ylar Zoyir Mirzayev topshirig‘iga ko‘ra so‘yilayotganini aytib, go‘shti kam ta’minlangan oilalar va qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlayotgan ustalarga berilishini aytgan.

Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda profiliga ega fuqarolarning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar bu ishni “samosud” sifatida baholamoqda.

Voqea yuzasidan ma’lumot olish maqsadida viloyat matbuot xizmatiga bog‘landik. Matbuot xizmati boshlig‘i Ahror Sodiqovga ko‘ra, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hech kimga bunday topshiriqni bermagan. Hozirda tushuntirish olish maqsadida videoda gapirgan Akrom Aripov ismli shaxs qidirilmoqda va tez orada holatga yanada aniqlik kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

611

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing