Matbuot erkinligiga qarshi Prezidentlar ro‘yxati e’lon qilindi
Bu qiziq
−
05 iyul 2021
14212"Chegarabilmas muxbirlar" tashkiloti "matbuot erkinligi dushmanlari"ning yangi ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda butun dunyo bo‘ylab matbuot erkinligiga katta bosim o‘tkazayotgan 37 davlat rahbarlarining suratlari aks etgan.
Ushbu “matbuot erkinligi dushmanlari” deb topilganlar orasida birinchi marta ikkita ayol rahbarni ham ko‘rish mumkin. Ular Gonkong rahbari Karriye Lam va Bangladesh rahbari Sheyx Xasina Vazeddir.
Ro‘yxatga kiritilganlarning barchasi davlat rahbarlari yoki senzurani o‘rnatish, jurnalistlarni o‘zboshimchalik bilan qamoqqa olish, ularga qarshi zo‘ravonlikni qo‘zg‘atish orqali ommaviy qatag‘onlarni amalga oshiradigan hukumat hisoblanadi.
Ro‘yxat mualliflarining ta’kidlashicha, matbuot erkinligi xaritasida “dushmanlar”dan 16 tasi qora va 19 tasi qizil rangdagi hududlarga joylashtirilgan. Bu jurnalistika sohasida ba’zi ishlarni amalga oshirish uchun vaziyat juda jiddiy yoki qiyin deb hisoblangan mamlakatlar hisoblanadi. Ular orasida 13 tasi Osiyo va Tinch okeani mintaqasidan kelib chiqqan, o‘rtacha 66 yosh bo‘lgan rahbarlardir.
Ushbu ro‘yxatning birinchi beshtaligini Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron Islom Respublikasining oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy, Suriya Prezidenti Bashar Asad, Gonkong rahbari Karriye Lam egallab turibdi.
Keyingi o‘rinlarda esa Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Shimoliya Koreya rahbari Kim Chen In, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, XXR raisi Si Szinpinni ko‘rish mumkin.
"Chegarabilmas muxbirlar" tashkiloti ilk marta Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan birining Bosh vaziri, ya’ni Vengriya hukumati rahbari Viktor Orbanni ham “matbuot dushmani” deb topdi. Qayd etilishicha, u 2010 yilda hokimiyat tepasiga qaytganidan beri doimiy ravishda ommaviy axborot vositalari plyuralizmi va mustaqilligi bilan kurashib keladi.
Rossiyada 2021 yil so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat muxolifat lideri Aleksey Navalniy tarafdorlarining norozilik namoyishlaridan keyin va 19 sentyabrda davlat dumasiga saylovlar o‘tkazilishidan bir necha oy oldin yomonlashgan.
Lukashenka esa Belarusda har qanday "erkin axborot oqimini" shafqatsizlarcha bostirayotgani ta’kidlangan. Jumladan, 2020 yil yozda norozilik namoyishlari boshlanganidan beri 500 dan ortiq jurnalist hibsga olingan, ularning ba’zilari qamoqda qiynoqqa solingan.
Yulduz Abdurashidova
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15