Masjidlar qanday dezinfeksiya qilinyapti?

Jamiyat

Avvalroq, QALAMPIR.UZ sayti tomonidan #UydaHayotBor nomli maxsus aksiya e’lon qilingan edi. Bu aksiya doirasida turli xonadonlar va tashkilotlar binolari bepul dezinfeksiya qilib berilmoqda. Aksiyada tahririyat bilan hamkorlikda “AZIZXON STAR SERVIS” va  “Dez and clean” kompaniyalari faol qatnashib kelmoqda. 

Tahririyatimizga har kuni ko‘plab qo‘ng‘iroqlar bo‘lyapti va biz barcha chaqiruvlarga navbat bilan yetib boryapmiz. Navbatdagi manzilimiz Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan “Abu Hanifa” jome masjidi bo‘ldi.

Shu kuni masjidning eshiklari, yo‘laklari va tahoratxonasi dezinfeksiya qilindi. Mutaxassislar ish jarayoniga mas’uliyat bilan qarashdi, qo‘l bilan ko‘proq ushlanadigan joylarning dizenfeksiya qilinishiga alohida e’tibor berildi. 

“Abu Hanifa”jome masjidi imom-noibi QALAMPIR.UZ sayti va dezinfeksiya guruhiga tashakkur bildirdi.  Qo‘llar duoga ochilib, butun el-yurt, mo‘min-musulmonlar haqiga duo qilindi.

Shuni alohida qayd etib o‘tmoqchimizki, loyiha eng avvalo boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalarga yordam qo‘lini cho‘zish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu bois biz darvoza atrofi “inomarka”larga to‘la, badavlat kishilarning xonadonlariga emas, yordamga haqiqatan muhtojlarning uyiga shoshamiz.

☎️ +998946666210 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, “AZIZXON STAR SERVIS” kompaniyasi mutaxassislari bilan bog‘lanasiz ular sizga kun davomida hizmat ko‘rsatishadi.

☎️ +998946015287 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib esa “Dez and clean” kompaniyasi bilan bog‘lanish imkoniyatiga egasiz.

Har ikki raqamga qo‘ng‘iroq qilib ism-sharifingiz, manzilingiz va telefon raqamingizni qayd ettirishingizning o‘zi kifoya.

Talablar ko‘p bo‘lishini inobatga olib, dezinfeksiya guruhimiz navbat bilan siz ko‘rsatgan manzilga yetib boradi.

Xizmat mutlaqo BEPUL!

Hurmatli yurtdoshlar agar siz ham dezinfektologiya klinikasi rahbari bo‘lsangiz va biz bilan birga koronavirusga qarshi kurashib, uni birga yengish istagida bo‘lsangiz  +998998683320 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, biz bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. 

#UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

dezenfektsiya

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar