Masjid imomi xayriya uchun yig‘ilgan pullarni “tuya qildi”

Jamiyat

image

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi “Islom bobo” jome’ masjidi imom-xatibi Q.I. masjidni yangidan hashar yo‘li bilan qurilishi haqida og‘zaki va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lonlar tarqatib, yig‘ilgan pullarni shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Bu haqda, Uzreport.news xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, masjidi imom-xatibi xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqarolardan 40 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘larini yig‘ib olgan.

“Mazkur holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tuman IIB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyilgan xabarda.

Shuningdek,tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi masjid imom noibi “samosud” qilishga targ‘ib qilgani uchun ishdan olingani haqida xabar qilgan edik.

Quvonchbek G‘aybullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

829

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing