Mast holdagi haydovchi yo‘lovchining hayotiga zomin bo‘ldi
Jamiyat
−
18 avgust 2020
5413Kecha, 17 avgust kuni tunda Toshkent shahrida Spark haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 17 avgust kuni soat 02:50 da Mirobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida 36 yoshli M.A. mast holatda Spark rusumli avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.
YTH natijasida haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ushbu avtomashinada bo‘lgan 32 yoshli yo‘lovchi F.S. olgan jarohatlari natijasida voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Shahar IIBB fuqarolardan, spirtli ichimlikdan yoki boshqa narsadan mast bo‘lgan holatda avtomobillarni boshqarmaslikni so‘ragan.
LiveBarchasi