Toshkentda mudhish YTH. 11 yashar qizcha vafot etgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida 18 dekabr kuni Gentra va Cobalt ishtirokida dahshatli avtohalokat sodir bo‘ldi. 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Gentra rusumli avtomobil juda katta tezlikda yo‘ldagi mashinalar oralab harakatlanib kelgan va yo‘l chetida biroz ortga yurayotgan Cobalt mashinasini urib, uchirib yuborgan. Mashina 150-200 metr oldinga yurib borgan va orqasi pachoqlanib ketgan. Uning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan 11 yoshli qiz vafot etgani aytilmoqda.

Guvohlarga ko‘ra, Gentra haydovchisi va mashinadagi yo‘lovchilar mast holda bo‘lgan. Haydovchini YTH vaqtida rul qisib qolgani aytilmoqda. Mashinadagi do‘stlari tushib, unga yordam bergan.

Boshqa tafsilotlar hozircha keltirilmagan.

Toshkent shahar IIBB YHXB ushbu YTH bo‘yicha ma’lumot bermagan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing