Masofa saqlamaslik oqibatida 5 ta avtomobil to‘qnashdi

Jamiyat

image

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 13 yanvar kuni soat 11:00 larda, Toshkent shahri Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi I.F. Matiz rusumli avtomobilda harakatlanayotib, oraliq masofani saqlamagani oqibatida ushbu ko‘chada joylashgan “Bog‘ishamol” istirohat bog‘i ro‘parasida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi X.R. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobilga urilgan.

Zarb oqibatida Damas o‘zidan oldinda to‘xtab turgan haydovchi A.A. boshqaruvidagi Matiz’ga, zarb oqibatida Matiz o‘zidan oldinda to‘xtab turgan haydovchi Sh.Ya. boshqaruvidagi yana bir Matiz’ga, ushbu Matiz esa? zarb oqibatida o‘zidan oldinda to‘xtab turgan haydovchi Sh.I. boshqaruvidagi Nexia rusumli transport vositasining orqa tomoniga to‘qnashgan.

YTH natijasida masofa saqlamagan Matiz rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli I.F. va Damas rusumli avtomobil haydovchisi 29 yoshli X.R. larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing