Maskning bir og‘iz gapi bilan Tesla aksiyalari narxi tushib ketdi 

Biznes

image

Dunyoning eng boy odami Ilon Mask Hertz kompaniyasi bilan 100 ming avtomobil xarid qilish to‘g‘risidagi shartnoma hali imzolanmaganini e’lon qilganidan so‘ng, Tesla avtomobil kompaniyasi aksiyalarining narxi 3 foizga tushdi. Nyu-York fond birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya pasayishning muhim qismini allaqachon qaytarib olgan

Bugun, 2 noyabrga o‘tar kechasi Mask Twitter sahifasida “Bloomberg” Hertz’ning 100 000 ta elektromobil sotib olish rejasini e’lon qilganidan so‘ng, boshlangan Tesla aksiyalarining tez o‘sishiga izoh berdi. 

“Agar bu (aksiyalar narxining ko‘tarilishi nazarda tutilgan – tahr.) hech bo‘lmaganda qisman Hertz bilan bog‘liq bo‘lsa, unda shuni ta’kidlashni istardimki, hozircha hech qanday shartnoma imzolanmagan. Tesla avtomobillariga talab taklifdan sezilarli darajada yuqori, shuning uchun biz ularni Hertz’ga ham boshqa iste’molchilar bilan bir xil asosda sotamiz. Hertz bilan shartnoma bizning iqtisodiyotimizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi”, deydi tadbirkor.

Ma’lumot uchun, avtomobillar ijarasi  bilan shug‘ullanuvchi Hertz  kompaniyasining Tesla’dan elektromobillar sotib olish rejalari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinganidan so‘ng, Mask tomonidan yaratilgan kompaniya kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshdi. Tesla 1 trillion dollarlik cho‘qqini zabt etish uchun eng kam vaqt sarflagan kompaniyaga aylandi. Mask esa tarixda 300 milliard dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan birinchi odam bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

629

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing