Mask “Tesla” xodimlarini qisqartirmoqchi – OAV

Olam

image

Elektrmobil ishlab chiqaruvchi “Tesla” ishchi kuchining taxminan 10 foizini qisqartirishi kerak. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask xodimlarga elektron pochta orqali xabar qilgan, deb yozmoqda “Reuters”.

Qayd etilishicha, kecha, 2 iyun kuni yuborilgan maktubda kompaniya butun dunyo bo‘ylab ishga qabul qilishni to‘xtatishi va ishchi kuchining taxminan 10 foizini qisqartirishi kerakligi aytilgan.

“Iqtisodiyot haqida juda yomon kayfiyatdaman”, degan Mask. 

“Tesla” bu haqda hozircha rasmiy izoh bermagan.

“Bloomberg”ning xabar berishicha, Mask yaqinda “Tesla” kompaniyasining xodimlari masofaviy ishlayotganidan noroziligini bildirgan. 

“Masofadan ishlashni istagan har bir kishi haftasiga kamida 40 soat (minimum) ofisda bo‘lishi yoki “Tesla”ni tark etishi kerak. Bu zavod ishchilaridan talab qilganimizdan kamroq”, degan u.

“Micrasoft” asoschilaridan biri, milliarder Bill Geyts ham may oyi boshida global iqtisodiy tanazzul xavfi haqida ogohlantirdi. Uning prognozlariga ko‘ra, Ukrainadagi voqealar jahon iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasidan ko‘ra jiddiyroq ta’sir ko‘rsatadi.

Tadbirkor ta’kidlaganidek, mintaqadagi mojarolar xomashyo narxining oshishiga, yetkazib berish zanjirlari bilan bog‘liq muammolarning keskinlashishiga va davlat qarzining oshishiga olib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing