Mask Pentagonsiz ham Ukrainaga yordam berishini tasdiqladi

Olam

image

Agar Pentagon Starlink sun’iy yo‘ldoshining ishlashi uchun mablag‘ ajratishdan bosh tortsa ham, Space X Ukrainani o‘z tarmog‘i orqali internet aloqasi bilan ta’minlaydi. Bu haqda amerikalik biznesmen Ilon Mask Twitter sahifasida yozgan. 

“Mudofaa vazirligi javob qaytarishidan oldin ham, men Mixail Fyodorovga aytdimki,  hatto Mudofaa vazirligi mablag‘ berishdan bosh tortsa ham Space X Starlink'ni yopmaydi”, deydi Mask.

Ukraina Bosh vazirining o‘rinbosari – Raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fyodorov Maskning xabariga javob qaytargan va uning so‘zlarini tasdiqlagan.

“Moliyalash bo‘yicha barcha muzokaralar oldidan siz har qanday holatda ham Ukrainada Starlink qurilmalarining ishlashini ta’minlashingizni menga tasdiqladingiz. Bu Ukraina uchun juda muhim edi. Sizdan minnatdormiz”, deb yozgan Fyodorov.

Shuningdek, Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov “Politico” nashriga bergan intervyusida Kiyev Starlink va uni moliyalashtirish borasida Mask bilan bevosita aloqada ekanini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Reznikov Ukraina uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqalari uchta manbadan moliyalashtirilishi mumkinligini ta’kidlagan. Bular Pentagon, Yevropa Ittifoqi va xususiy xayriyalar.

Avvalroq, Ilon Mask Space X hozirda Ukrainada ishlayotgan 25 000 ta Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa terminallaridan 11 tasini ishlatish uchun to‘lov olishini va kompaniya Pentagondan hech qanday mablag‘ olmasligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing