Mask miyani chiplashtirish bo‘yicha yutuqlarini ko‘z-ko‘z qilmoqchi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask o‘zining  Neuralink startapining navbatdagi taqdimot sanasini e’lon qildi, u inson miyasini sun’iy intellektga ulash ustida ishlamoqda. Bu haqda u Twitter sahifasida ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, Neuralink'ning navbatdagi taqdimoti 31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

2021 yil boshida Maskning ishchilari maymunni chip bilan implantatsiya qilishga muvaffaq bo‘lishdi, shundan so‘ng ushbu neyroimplant yordamida unga shaxmat o‘ynashni o‘rgatishdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, chipli maymun virtual stol tennisi o‘ynashni o‘rgangan.

Neuralink startapi Ilon Mask tomonidan 2016 yilda yaratilgan. Neuralink'ning bevosita maqsadi falaj bo‘lgan odamlarga kompyuter va telefonlardan foydalanishi uchun chiplarni qanday implantatsiya qilishni o‘rganish va buni hozirgi usullarga qaraganda miyani kamroq shikastlanish yo‘li bilan amalga oshirishdir. 

Operatsiyadan so‘ng, odamlar Neuralink tomonidan o‘ylab topilganidek, fikr kuchi bilan matnli xabarlarni "yozish" va Internetdagi sahifalarni boshqarishi mumkin bo‘ladi.

Neuralink ma’lumotlariga ko‘ra, uzoq muddatda millionlab odamlar o‘z tanalarini kibernetik jihatdan yaxshilashni va implantatsiya qilingan chiplar yordamida, masalan, "raqamli" fikrlarni almashish yoki notanish xorijiy tilni miyaga yuklab olish imkoniyatini qo‘lga kiritishni xohlashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing