Mask karbonat angidriddan yonilg‘i ishlab chiqarmoqchi

Texnologiya

image

Amerikaning SpaceX kompaniyasi Yer atmosferasidan karbonat angidrid gazini chiqarib tashlash bo‘yicha dasturni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda kompaniya rahbari, tadbirkor Ilon Mask ma’lum qildi. 

Shuningdek, kompaniya keyinchalik karbonat angidridni raketa yonilg‘isiga aylantirishni rejalashtirmoqda. Maskning fikricha, ushbu loyiha Marsga parvozlar uchun ham dolzarb bo‘ladi.

Avvalroq, BMTning ixtisoslashgan Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) koronavirus tufayli iqtisodiy faollikning pasayishiga qaramay, 2020 yilda yer atmosferasidagi issiqxona gazlari rekord darajaga yetganini ma’lum qildi. Tashkilot Bosh kotibi Petteri Taalas “karbonat angidrid gazi atmosferada asrlar davomida, okeanda esa undan ham uzoqroq saqlanib qolishi”ni ta’kidlagan edi.

2017 yilning sentyabr oyida Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressida SpaceX kompaniyasi qayta foydalanish mumkin bo‘lgan o‘ta og‘ir kosmik raketa – Katta lochin (Big falcon) ni taqdim etgandi. Bir yildan so‘ng esa Mask kosmik kemani Starship (Yulduz kemasi) deb nomlanganini e’lon qildi. Starship kosmik kemasi sayyoralararo, xususan, Oy va Marsga parvozlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kema bortida 100 nafar kosmik sayyohlarni sig‘dira oladi. Mask joriy yilning noyabr oyida Starship prototipining sinov orbital parvozi 2022 yilning yanvarida amalga oshirilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Barno Dusiyarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing