Mashhur ingliz tili darsligi muallifi vafot etdi

Olam

image

Talabalar uchun mo‘ljallangan ingliz tili darsligi muallifi, pedagog va tilshunos Natalya Bonk 21 noyabr kuni Moskvada vafot etdi. Bu haqda Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti saytiga tayanib xabar berilgan.

“Natalya Aleksandrovna 1993 yildan buyon institutimizda ishlagan yagona, betakror va ajoyib pedagog edi. U o‘z darsligi bo‘yicha olib borilgan ingliz tili kurslarini boshqarardi. Uni tanigan barcha uning tabassumini, saxiyligini unutmaydi. U doim o‘z bilimlari, hayotiy tajribasi bilan bo‘lishishga, og‘ir damlarda yordamga kelishga tayyor edi”, deyilgan OTM Matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, Bonk 1924 yilning 2 iyulida Moskvada, opera kuychisi va lak-bo‘yoq materiallar zavodi direktori oilasida tug‘ilgan. 1945 yilda Xorijiy tillar pedagogika institutini tamomlagan. Turli vaqtlarda SSSR TIV kurslari, Rossiya Tashqi savdo akademiyasida ingliz tilidan dars bergan.

Bonk ingliz tilini o‘rgatish metodikasi bo‘yicha qator darsliklar muallifi hisoblanadi. Ayniqsa, uning G.A. Kotiy va N.A. Lukyanova bilan hammualliflikdagi kitobi mashhurlikka erishgan. Bundan tashqari, u qizi Irina Bonk bilan birga "Qadamba qadam ingliz tili" kitobini yozgan va u ham katta mashhurlikka erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

BONK

Baholaganlar

218

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar