Mashhur Gollivud rejissyori Makgregorga rol taklif qilmoqchi

Sport

image

Gollivudning mashhur aktyori va rejissyori Mark Uolberg iralandiyalik UFC jangchisi Konor Makregorni filmlaridan birida suratga tushishga taklif qilishi mumkin. Bu haqda rejissyorning so‘zlariga tayanib, “TMZ Sports” nashri xabar bermoqda.

“Men Konorni olishim kerak. Men uni suratga olishim kerak. Albatta, Konorga yaxshi filmda rol bergan bo‘lardim”, degan Mark Uolberg.

Qayd etish kerakki, Mark rostan ham irandiyalik chempionga o‘z filmlaridan birida rol ijro etish imkoniyatini taqdim etsa, bu Konor uchun kino olamidagi debyut bo‘lmaydi. Makgregor allaqachon Jeyk Jillenxol bosh rolni ijro etgan va Dag Layman suratga olgan “Yo‘l bo‘yidagi uy” (“Road House”) filmining yangi talqinida rol ijro etib bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Konor MMA'dagi professional faoliyati davomida 28 ta jangda oktagonga ko‘tarilgan bo‘lib, 22 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2018 yilning oktyabrida faoliyatidagi eng katta janglardan  birida rossiyalik Habib Nurmuhamedovga imkoniyatni boy bergan. 34 yoshli sobiq chempion oxirgi ikkita jangini Dastin Porega qarshi o‘tkazib, qaqshatqich mag‘lubiyatlarni qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing