Mashhur brend asoschisi koronavirusdan vafot etdi

Olam

image

Kenzo brendi asoschisi Kenzo Takada 81 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.

U Parijdagi shifoxonada vafot etgan. Takada fransuz moda tanqidchilarining olqishiga sazovor bo‘lgan birinchi yapon dizayneri bo‘lgan.

Marhum dizayner Osaka yaqinida tug‘ilgan, 1960 yillarda Fransiyaga ko‘chib o‘tgan va butun faoliyatini shu yerda o‘tkazgan. 1970 yillarda u dunyoga mashhur Kenzo brendiga asos solgan. 1993 yilda esa u brendini LVMH'ga sotgan va oradan olti yil o‘tgach nafaqaga chiqqan.

Ma’lumot uchun yaponiyalik dizayner deyarli 8 mingta moda dizaynini yaratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

298

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing