Marselo tez orada “Olimpiakos” klubini tark etishi mumkin

Sport

image

Gretsiyaning “Olimpiakos” klubi tez orada chap qanot himoyachisi Marselo Junior bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Bu haqda “Footboom” nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, “Olimpiakos” rahbariyati Marseloning kichik jarohati bo‘lgani uchun u bilan shartnomani bekor qilish qaroriga kelgan. Shuningdek, 34 yoshli braziliyalikning jamoa murabbiylar shtabi bilan munosabatlari yomonlashgani ham bunga bir sabab bo‘lishi mumkin. 

Ammo Marselo bu orada ishsiz agent bo‘lib qolmaydi. Unga allaqachon boshqa klublar qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Real Madrid” sobiq himoyachisi klub safida bor-yo‘g‘i 5 ta o‘yin o‘tkazib, ularning birortasida ham asosiy tarkibda bo‘lmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Marselo 2022 yilning sentyabr oyidan “Olimpiakos” jamoasiga kelib qo‘shilgan. Shartnoma 2023 yil iyul oyiga qadar mo‘ljallangan edi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing