“Marsel” 12 yil ichida ilk bor o‘z maydonida PSJni mag‘lub etdi
Sport
−
09 fevral 2023 3014 1 daqiqa
Kecha, 8 fevral kuni Fransiya kubogi 1/8 finalida “Marsel” jamoasi “Pari Sen-Jermen” klubini 2:1 hisobda mag‘lub etdi. “Marsel” ushbu klub ustidan oxirgi marotaba bundan 12 yil oldin g‘alaba qozongan edi. Bu haqda “Sports Ru” nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, “Marsel” 9 uchrashuvdan beri PSJni o‘z maydonida mag‘lub eta olmagan. Klub parijliklarni oxirgi bor 2011 yil birinchi Ligada 3:0 hisobda mag‘lub etgan.
Ta’kidlash joizki, ushbu hisob PSJ klubining nimchorak finalidayoq musobaqani tark etishiga sabab bo‘ldi.
Mushtariy G‘aniyeva
Live
Barchasi