Marokashlik futbolchi ayol birinchi marta jahon chempionatida hijobda o‘ynadi
Sport
−
30 iyul 2023
8345Marokashlik Nuhayla Benzina tarixda kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinida hijobda maydonga tushgan birinchi ayol bo‘ldi.
U Avstraliyaning Adelaida shahrida bo‘lib o‘tgan “H” guruhi 2-turining to‘liq o‘yinini Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazdi.
Marokash 6-daqiqada Ibtissam Jraidining goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, FIFA 2012 yilda hijob taqiqini bekor qilishga qaror qilgan va qoidalarga 2014 yilda tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Marokash terma jamoasi arab va Shimoliy Afrika davlatlaridan jahon chempionatiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan birinchi jamoa bo‘ldi.
LiveBarchasi