Marokashdagi gaz omborida kuchli portlash yuz berdi (video)

Olam

image

Marokashning Muhammadiya shahridagi gaz omborida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Hespress” xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta tank portlagan, o‘t o‘chiruvchilar alangani o‘chirishga harakat qilmoqda. Biroq hozircha natija bo‘lmagan.

Zarba oqibatida yaqin atrofdagi binolar vayron bo‘lgan. Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Yettita yuk mashinasidan beshtasi yonib ketgan. Ularning har birida 8 tonnadan yonilg‘i bo‘lgan. 

Taxminlarga ko‘ra, yong‘inga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lishi mumkin. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Ma’lumot uchun, Muhammadiya shahri Atlantika okeani sohilida, Marokash poytaxti Rabat shahridan taxminan 60 km uzoqlikda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing