“Markaziy va Janubiy Osiyo” Toshkent konferensiyasiga start berildi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyul kuni soat 10:00 da O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi boshlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, konferensiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Konferensiyada Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon, Tashqi ishlar vazirlari hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning yuqori martabali vakillari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliya institutlari, tahlil markazlarining yetakchi tadqiqotchilari ishtirok etmoqda.

Forumning asosiy maqsadi — Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tarixiy yaqin va do‘stona aloqalarni, har ikki mintaqaning barcha xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yo‘lida ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash.

Avval xabar qilinganidek, yalpi majlis va sessiyalar davomida forum ishtirokchilari mintaqaviy aloqalarni yanada chuqurlashtirish sharoitida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatlarini muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing