Markaziy Osiyoda 2,4 mlnga yaqin iqlim migranti paydo bo‘lishi mumkin

Jamiyat 5353
image
-

2050 yilga kelib dunyoning olti mintaqasida 216 million odam iqlim o‘zgarishi sabab dunyoning boshqa mintaqalariga ko‘chib o‘tishi mumkin. Xususan, Markaziy Osiyoda 2,4 mln aholi shimoldagi davlatlarga ketish ehtimoli bor. Bu haqda Jahon bankining iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq hisobotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, hisobot olti mintaqa uchun yangi prognozlarni o‘z ichiga oladi. Ular Sharqiy Osiyo, Tinch okeani, Shimoliy Afrika, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalaridir.

Jahon bankining yangi to‘qqizinchi hisobotiga ko‘ra, 2050 yilga kelib dunyoning olti mintaqasida taxminan 216 milliondan ortiq odam o‘z mamlakatlarining boshqa qismlariga ko‘chib o‘tadi. Xususan, Afrikada 19 million, Lotin Amerikasida 17 million, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda 5 million iqlim migranti paydo bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, issiqxonalardan chiqadigan gaz chiqindilarini kamaytirish hamda barqaror rivojlanishga erishish bo‘yicha qilinadigan shoshilinch sa’y-harakatlar ichki iqlim migratsiyasini 80 foizga kamaytirishi mumkin.

Hisobotda keltirilishicha, ichki iqlim migratsiyasi kelgusi bir necha o‘n yilda ko‘payadi va asrning ikkinchi yarmida tezlashadi. Agar mamlakatlar global issiqxona gazi chiqindilarini kamaytirmasa, 2030 yilga kelib mamlakatlarda iqlim migratsiyasining “o‘choqlari” paydo bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyoda migrantlar oqimi Farg‘ona vodiysi, Toshkent atrofidagi hududlar, janubiy Tojikistonning pastqam yerlari va shimoliy Qozog‘istonning aholi zich hududlariga kirib boradi. Mutaxassislar bu holatni Markaziy Osiyoning sanab o‘tilgan hududlarida suv hajmi va ekin hosildorligi oshishi bilan izohlamoqda.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 222
Reyting: 2.9
t
×